
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 21 iyundagi “Uzbekenergo”
Davlat-Aksionerlik Kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni
takomillashtirish tug‘risida”gi 290-sonli Qarorini 1-ilovasiga asosan
“Shaxrisabz elektr tarmoqlari” OAJ-ni “Qashqadaryo elektr tarmoqlari”
OAJ-ga qo‘shish yuli bilan qayta tashkil etish tadbirlari amalga
oshirildi
Jamiyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisidan shartnoma asosida elektr energiyasini oladi;
- elektr ta’minoti korxonalariga
iste’molchilar bilan elektr ta’minoti shartnomalari tuzish xuquqini
amalga oshirish uchun belgilangan tartibda bosh ishonchnoma
beradi;
- iste’molchilarga elektr ta’minoti shartnomasi asosida elektr energiyasini sotishni amalga oshiradi;
- iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlaydi;
- o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi
obyektlarida elektr energiyasining davlat standartlarida belgilangan
sifat ko‘rsatkichlarini saqlab turadi;
- texnik jihatdan foydalanish
koidalariga muvofiq o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlaridan
foydalanilishini va ularning ta’mirlanishini tashkil etadi;
- o‘z elektr tarmog‘i xo‘jaligi
obyektlarida elektr energiyasining texnologik nobudgarchiligini
kamaytirish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab
chiqadi va amalga oshiradi;
- elektr energiyasini
iste’mol qiluvchi elektr qurilmalarini belgilangan tartibda xududiy
elektr tarmoqlariga ulash uchun iste’molchilarga texnik
shartlarni beradi;
- jamiyat O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xususiy
operatorga tuman, shaxar doirasida elektr
energiyasini sotishning ayrim masalalarini topshirishi mumkin;
- energetika tizimi dispetcheri
tomonidan belgilangan xajmlar va rejasida 110-35-10-0,4 kV tarmoqlari
buyicha, shartnoma asosida elektr energiyani yagona sotuvchidan
sotib olishni, taqsimlashni va sotishni amalga oshirish;
- shartnomalar va limitlarga muvofiq xajmlarda iste’molchilarni uzluksiz ishonchli elektr ta’minotini ta’minlash;
- eng kam xarajatlar qilib,
ishlab chiqarishning samaradorligini va iqtisodiyligini, jamiyatning
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash;
- iste’molchilarning elektr
uskunalarini jamiyatning elektr tarmoqlariga ulash buyicha texnik
shartlarini ishlab chiqish va taqdim etish, ularga
rioya qilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
- energetika tizimining samarali
ishlashini oshirishga yunaltirilgan, elektr tarmoqlarini kerakli
darajada ekspluatatsiya qilishni va ular rivojlanishini
ta’minlash;
- ko‘rsatilgan xizmatlar uchun
narxlar va tariflar loyihasini, ularni amalga oshirish uchun sarflangan
mablag‘lar, iqtisodiy jihatdan asoslangan
xarajatlardan kelib chiqqan xolda ishlab chiqish va jamiyatning samarali
ishlashini ta’minlash;
jamiyat balansida bo‘lgan
elektr tarmoqlari chegarasida elektr energiyaning tijorat hisobini olib
borish va elektr energiyani avtomatlashtirilgan hisobini nazorat qilish tizimini joriy etish
yunalishida uning takomillashtirilishni ta’minlash;
o‘z tarmoqlariga ulangan
iste’molchining balansida bo‘lgan elektr qurilmalariga shartnoma asosida
texnik xizmatlar ko‘rsatish;
yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va zamonaviylashtirish;
- jamiyat ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish xuquqiga ega.
Asosiy
ishlab chiqarish vazifalaridan tashqari, jamiyat, qushimcha foyda
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida
ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugullanishga xaqlidir.
Maxsus
ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari
qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda, litsenziya olingandan keyin amalga
oshiriladi.